Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Boysun tumani hokimligi
DEPUTATLAR: MUAMMO VA YЕCНIM
Tadbirlar / 2021-03-05

Bugun Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman Moliya bo‘limi rahbari, tuman Davlat Soliq Inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari hamda tuman Kadastr bo‘limi mutaxassisining hisobotlari eshitilib, tumanimizda fuqarolarni qiynayotgan bir qator savollarga javob olindi.

Bundan tashqari deputatlar aholi uchun suvli va suvsiz yerlarga bir xilda soliq chiqishiga e’tiroz bildirib, suvsiz yer uchun alohida soliq to‘lovi joriy etilishi, tumanda yashovchi fuqarolar xonadonlarining hozirda qarib 70% kadastr qilinmaganligi sababli kadastr qilish muddatini uzaytirish takliflari kiritildi.

Qizg‘in tus olgan tadbirda tumanda mavjud bir qator muammolar yuzasidan ham mutasaddilarning fikrlari eshitildi.

Bugunning o‘zida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman Xalq ta’lim bo‘limi tomonidan tumandagi ayrim maktablarda vakant bo‘lib turgan direktorlik lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlarni saralash va eng munosibini tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash masalasini ham muhokama qilishdi.

Bahs va munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilishda bu ishga xolis, shaffoflik va adolatlilikni ta’minlagan holda yondashib, eng munosib nomzodni katta ma’suliyat talab etadigan derektorlik lavozimiga tavsiya etilishini ta’kidlab, oldinda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar aniq reja asosida kelishib olindi.

Izoh qoldirish

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • So‘rov o‘tkazish
  • Sayt haqida firingiz?